12-mart kuni Parijdagi Faxriylar uyida Fransiyaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Mamlakatimiz yetakchisini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kutib oldi.
Maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya Respublika gvardiyasi, quruqlik qo‘shinlari, harbiy-dengiz va harbiy-havo kuchlari xizmatchilaridan iborat faxriy qorovul saf tortdi.
Harbiy orkestr ijrosida ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Gvardiyachilar davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib o‘tdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar va rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
So‘ng davlatimiz rahbari otliq gvardiyachilar va mototsiklchilar hamrohligida oliy darajada muzokara o‘tkazish uchun Fransiya prezidentining qarorgohi - Yelisey saroyiga yo‘l oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31300 | Инструменты