Huawei 2
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 uchun AJ tashkil etish niyatida

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirish maqsadida aksiyadorlik jamiyati tashkil etish niyatida, bunda Qirg‘iziston tomonining loyihadagi ulushi va ustav kapitali 34 foizni, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomoni esa 33 foizdan oladi. Tegishli uch tomonlama hukumatlararo bitim loyihasi Qozog‘istonning “Ochiq normativ-huquqiy hujjatlar” saytida e’lon qilindi

Hujjatda qayd etilishicha, “Tomonlarning loyiha doirasidagi hamkorligining asosiy tamoyillari Qambarota GES-1da ishlab chiqariladigan elektr energiyasining barcha hajmini tomonlar belgilagan tashkilotlar tomonidan kafolatlangan xarid qilishdan iborat”.

Loyiha amalga oshirilgach, Qambarota GES-1 aksiyalari va aktivlari toʻliq qirgʻiz tomonining mulkiga oʻtadi, deyiladi shartnoma loyihasida.

2023-yil yanvar oyida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika idoralari rahbarlari Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolagan edi.

Qozog‘iston Energetika vazirligining fikricha, Qambarota GES-1 Qirg‘izistondagi eng yirik elektr stansiyaga aylanishi kerak va Markaziy Osiyo mamlakatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi, shuningdek, mintaqaning suv ta’minotini barqarorlashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga