O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni:

Mamlakatimizda kasaba uyushmalari tizimini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish va yangi bosqichga ko‘tarish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasidagi ko‘p yillik samarali xizmati, sohada islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar ijrosini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Fayziyeva Sayyora Mavlyanovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi raisi,

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Sabirov Kutlimurat - O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi,

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdualimov Eshmirza Uralovich - O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

Akberdiyev Abdug‘ofur Bektoshevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining yordamchisi;

Axmedov Isak Nabiyevich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari;

Matisayev Xamidullo Pazildjanovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri;

Norqulov Hasan Xaydarovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi;

Umaraxunov Irkin Mirzaxidovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish instituti rektori;

Xamidov Tayirjon Kasimdjanovich - O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Farg‘ona viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi,

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Bedilov Ravshan Melsovich - O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi,

 II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Imamkuliyeva Sanobar Atabayevna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Davolash-profilaktika markazi terapevti;

Xanapiyayev Farxodjon Raxmanovich - O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi,

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Saitbekova Zerxan Jaksilikovna - Mo‘ynoq tumanidagi «Oq kema» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

«Shuhrat» medali bilan

Abdumuxtorov Anvarjon Akramjonovich - O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

Alimov Jasurjon Kamildjanovich - Bo‘stonliq tumanidagi «Oq-tosh sanatoriysi» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent viloyati;

Samarbekov Ravshanbek Yuldashovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri o‘rinbosari;

Urmanbekova Muxabbat Davranbekovna - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Matbuot xizmati rahbari.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111101 | Инструменты