O‘zbekiston TIV Isroilning Eron konsulligi binosiga uyushtirgan hujumini qoraladi

Oldinroq Eronning Damashqdagi elchisi Husayn Akbariy uning mamlakati Isroilga "tez, to‘g‘ridan to‘g‘ri va qat’iy" javob qaytarishini aytgandi. U Isroil F-35 qiruvchi samolyotlari yordamida Eron konsulligi binosiga 6 marta raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi hujum oqibatida ikki general halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bular brigada generali Muhammad Rizo Zohidiy va brigada generali Muhammad Hodi Haj Rahimiydir. Shuningdek, tashkilotning 5 nafar xodimi Husayn Emanullohiy, Mehdi Jaloletiy, Mohsin Sadoqat, Ali Og‘a Boboiy va Ali Solihi Ruzbekxoniy ham havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan. Bundan tashqari, qurbonlar orasida uch nafari suriyalik, yana biri livanlik ham bor.

O‘zbekiston TIV Isroilning Eron konsulligi binosiga uyushtirgan hujumini qoraladi.

"Bir necha insonlarning qurbon bo‘lishi va Eronning Damashq (Suriya) shahridagi diplomatik missiyasi hududida vayronagarchiliklarga olib kelgan Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan havo hujumini keskin qoralaymiz.

Xorijiy davlatlarning diplomatik va boshqa vakolatxonalariga hujum qilinishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holat hamda xalqaro diplomatik huquq asoslari va tamoyillarini eng qo‘pol ravishda buzilishi deb hisoblaymiz", - deyiladi munosabatda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты