Huawei 1
O‘zbekiston va Indoneziya diplomatlar uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qiladi

Jakartaga tashrifi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov indoneziyalik hamkasbi Sugiono bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda mamlakatimiz TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot davomida keng ko‘lamli hamkorlikka oid turli mavzular qamrab olinib, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki xalqni yanada yaqinlashtirish yo‘llari muhokama qilindi. Mustahkam asosga ega ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda yetarli salohiyat mavjudligi e’tirof etilib, iqtisodiy diplomatiya tomonlar uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolishi ta’kidlandi.

Muzokara yakunida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu umumiy sa’y-harakatlarni jadallashtirish sari qo‘yilgan muhim qadamdir.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabat 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. Endi davlatlar hamkorligini mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21307 | Инструменты