Migratsiya agentligi Rossiyada faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarga murojaat qildi.
2025-yil holatiga ko‘ra, Rossiyada amalga oshirilayotgan xalqaro avtoyuk tashuvlarining 25% ga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ko‘plab fuqarolar Rossiya IIOlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda.
Agentlik har bir yuk avtomobili haydovchi qatʼiy rioya qilishi shart bo‘lgan qoidalarni keltirdi. Jumladan:
Qo‘shimcha qilinishicha, takroriy huquqbuzarliklar 3−10 yil muddatga mamlakatga kirish taqiqini keltirib chiqaradi.
Agentlik xatolik kuzatilsa, Rossiya IIOlariga yozma ariza bilan murojaat qilish, hujjatlar orqali safarning haqiqiy maqsadini isbotlash kerakligini qayd etdi. Agar fuqaro “kirishi taqiqlanganlar” ro‘yxatiga tushgan bo‘lsa, apellyatsiya orqali undan chiqarishni talab qilishi mumkin.
Muammoli holatlarda Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga +7 925 045 4744 telefon raqamlari orqali murojaat qilish tavsiya etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102015 | Инструменты