O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fuqarolarning vizasiz safar qilishlariga oid bayonnoma kuchga kirdi

1997-yil 18-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida bayonnoma kuchga kirdi. 

Qayd etilishicha, mazkur bayonnoma 2023-yil 22-avgustda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida imzolanib, 2024-yil 15-yanvarda kuchga kirdi.

Ushbu bayonnoma ikki respublika fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston va Ozarbayjon hududiga kirish/chiqish, tranzit oʻtish va 15 kun muddatga oʻzlari boʻlib turgan davlatning vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtish majburiyatidan ozod etilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты