Oʻzbekiston Xitoy bilan huquqni muhofaza qilish sohasida yangi bosqichda hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi Xitoyda rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi. Mazkur tashrif doirasida Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov hamda XXR Jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun boshchiligidagi delegatsiyalar oʻrtasida ikki tomonlama muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligi va Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi oʻrtasida 2026–2027-yillarga moʻljallangan yoʻl xaritasi ijrosini izchil davom ettirish hamda “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi Ichki ishlar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirliklari hamkorligini yanada rivojlantirishga kelishib oldi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor terrorizm va ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi, uyushgan hamda boshqa turdagi transmilliy jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratildi.

Shuningdek, kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika yoʻnalishida ilgʻor tajribalar almashish hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, biometrik identifikatsiya, zamonaviy kriminalistika texnologiyalari, politsiya aviatsiyasi va dronlardan foydalanish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90717 | Инструменты