"Veolia Energy Tashkent" poytaxtda issiqlik manbalarini rejali kuzgi to‘xtatish va issiq suv ta’minotini vaqtincha o‘chirish boshlanganini ma’lum qildi
"Veolia Energy Tashkent" poytaxtda issiqlik manbalarini rejali kuzgi to‘xtatish va issiq suv ta’minotini vaqtincha o‘chirish boshlanganini ma’lum qildi. Unga ko'ra, olib boriladigan profilaktika ishlari munosabati bilan quyidagi sana va hududlarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Mirzo Ulug‘bek tumanida 7-11 sentabr kunlari "Uyg‘onish" MFY, TTZ-2 massivi: 29, 30, 31, 32, 37, 38a, 38b, 44, 12-sonli uylar; 512-sonli va 80-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari.
Shayxontohur tumanida 7-9 sentabr kunlari "Samarqand darvoza" MFY, Uchlola ko‘chasi 1-sonli uy.
Yashnobod tumanida 7-9 sentabr kunlari "Movarounnahr" MFY, Nukus ko‘chasi — MKAD: 2, 2/1, 2/2, 4, 4/1, 6, 6/1, 6/2, 8-sonli uylar.
"Ushbu ishlar issiqlik ta’minoti tizimini bo‘lajak isitish mavsumiga tayyorlash uchun zarur. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz",-deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90715 | Инструменты