Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olishdi
Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri Lyu Xaysin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik hamda amaliy sheriklikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ta;kidlanishicha, oʻzaro tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi izchil oʻsmoqda, Xitoyning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalar va korxonalar soni ortib bormoqda. Shuningdek, parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor berildi.

Oliy va kasbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, mamlakatimizda Xitoyning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallarini ochish muhimligi taʼkidlandi.

Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo va partiyalararo hamkorlikni kengaytirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90713 | Инструменты