Huawei 1
O‘zbekiston Xitoy bilan Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lib kirish bo‘yicha Xitoy bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov maʼlum qildi.

"Pekin shahriga juda qisqa, biroq samarali tashrif bo‘ldi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan ikki tomonlama muzokaralar nihoyasiga yetdi.

Fursatdan foydalanib XXR Tijorat vazirligi, vazir o‘rinbosari Li Fey, departament direktori Li Defeng janoblari va butun jamoaga konstruktiv muloqot uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz", – deb yozdi O‘runov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

O‘zbekiston vakilining qayd etishicha, joriy yil yakunida Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik buyicha ikkita eng yirik global savdo egalari – AQSH va Xitoy bilan muzokalar tugallandi.

"22 ta mamlakat bilan muzokaralar tugadi, ko‘p qolmadi!" – deydi O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты