Huawei 1
28-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Buxoroda 35 yoshli ayol tug‘uruqdan so‘ng vafot etdi

Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan, o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Qashqadaryoda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida Lacetti boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Nexia bilan to‘qnashdi.

Ukraina sudi Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlarini musodara qildi

Ukraina Oliy aksilkorrupsiya sudi oligarx Alisher Usmonovning ikki milliard grivnadan (48,2 million dollar) ortiq mol-mulkini musodara qilish haqida hukm chiqardi.

Nyu-Yorkda “C5+1” formatidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, transport-logistika o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash, mintaqada tinchlik va farovonlikka ko‘maklashish borasidagi saʼy-harakatlarning ahamiyatini taʼkidladi.

Yaponiyaning eng yirik turizm assotsiatsiyasi O‘zbekistonga yapon sayyohlar guruhlarini yuborishga qiziqish bildirmoqda

Yapon turizm kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonga yapon sayyohlarining katta guruhlarini yuborish muhokama qilindi.

Toshkentda tilanchilik uchun 10 yoshli o‘g‘lidan foydalangan erkak 10 sutkaga qamaldi

Erkakka nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi tomonidan o‘n sutka ma’muriy qamoq jazosi, BHMning bir barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda AI-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028-yilga qoldirildi

O‘zbekistonda 2028-yildan boshlab “Yevro-4” standartidan past bo‘lgan avtomobil yonilg‘isidan foydalanish taqiqlanadi.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida 3 metrlik ilonni olib kirishga uringan shaxs ushlandi

3 metr uzunlikdagi mazkur ilon dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yo‘lbarssimon albinos bo‘g‘ma iloni bo‘lib, asosan Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoda yashaydi.

Hindistonliklar uchun O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yengillashtiriladi

Uchrashuv davomida ishtirokchilar O‘zbekistonga tashrif buyurgan hindistonlik sayyohlar uchun to‘lov usuli sifatida Yagona to‘lov interfeysini (UPI) joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Bagama Orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Shu tariqa O‘zbekiston diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar soni 156 taga yetdi.

Boks: Hasanboy Do‘smatov Bahodir Jalolovning o‘rnini egalladi

Havaskor boksdagi faoliyatini yakunlagan terma jamoa sardori, ikki karra Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolovning o‘rniga, jamoa sardorligi ikki karra Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Hasanboy Do‘smatovga topshirildi.

Toshkentda xavfli manyovrlar qilgan vayner javobgarlikka tortildi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB maʼlumot berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92818 | Инструменты