Huawei 1
O‘zbekistonda Yaponiya bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi

2024-yil 28-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Yaponiya davlat universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti, Sukuba universiteti rahbari Nagata Kyosuke boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida ta’lim hamda ilm-fan sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari yuqori baholandi. Shuningdek, ushbu sohalardagi ishlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Nagata Kyosuke tomonidan O‘zbekiston ta’lim tizimining rivojiga hissa qo‘shadigan yangi xalqaro universitetni tashkil etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, universitetni tashkil etish uchun zarur texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruhni tuzishga kelishib oldilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102902 | Инструменты