Huawei 1
O‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlari oshiriladi

19-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov Avstriya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mattias Radostichni qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish, O‘zbekistondagi tegishli universitetlarda nemis tili o‘qitilishi sifatini oshirish, shuningdek, o‘zbekistonlik talabalarni Avstriyaning yetakchi universitetlarida  grant asosida ta’lim olishi imkoniyatlarini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi. 

Muloqot davomida ikki davlat muhandislik-texnika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yanada kengaytirish, muhandis-texnik mutaxassislar tayyorlash sohasida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida yangi qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil qilish, shuningdek, professional ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish. 

Stajirovka o‘tash, qisqa muddatli o‘quv yoki malaka oshirish kurslarida qatnashishlari uchun o‘zbekistonlik yosh olimlarni Avstriyaning ilmiy-tadqiqot muassasalariga yuborish borasida ham fikr almashildi. 

Elchi ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92313 | Инструменты