Huawei 1
Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov Afg‘oniston poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Diplomat Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya va sharqshunoslik fakultetini tamomlagan, 2020−2024-yillarda Pokistondagi elchi lavozimida ishlagan.

Oybek Usmonov 1998-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda.

Kobulga tayinlanishidan oldin u Misr va Pokistondagi elchi, 2011−2012-yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Pashtu-dari va ingliz tillarini biladi. U 62 yoshda.

Oybek Usmonov 2012—2024-yillarda Kobulda elchi bo‘lib ishlagan Yodgorxo‘ja Shodmanov o‘rniga tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102802 | Инструменты