O'zbekiston Elchisi BAA Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O'zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al-Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Tantanali marosim Abu-Dabidagi "Qasr Al-Vatan" qarorgohida bo'lib o'tdi.
Bo’lib o’tgan qisqa suhbat chog’ida BAA Prezidenti bugungi kunda O'zbekiston-BAA munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotganinu ta'kidladi. Rasmiy Abu-Dabi O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun barcha choralarini ko'rishga tayyorligi qayd etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50914 | Инструменты