Prezident jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-dekabrdan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun «Ona va bola markazi» maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.
Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:
- 5 nafargacha bolani qamrab oladigan kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi;
- tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi;
- tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunchilikda Bolalar uylari
- tarbiyalanuvchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan ta’minlanadi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarni o‘z vaqtida emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ta’minlanadi;
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni o‘rganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111409 | Инструменты