Huawei 1
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan BMTning Kelajak sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 22-23-sentyabr kunlari Nyu-York shahrida "Yaxshi kelajak uchun ko'p tomonlama yechimlar" shiori ostida bo'lib o'tgan BMTning Kelajak sammitida ishtirok etdi. 

"BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMT oilasini muvaffaqiyatli Kelajak sammiti bilan tabriklaymiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Hozir barchamiz uchun jipslashish, sa'y-harakatlarni birlashtirish, global chaqiruvlarni hal qilish va yaxshi kelajakka yo'l ochish, sayyoramizning har bir hududidagi har bir inson uchun yaxshiroq kelajak qurish uchun noyob imkoniyat va vaqt. Darhaqiqat, "Kelajak uchun pakt", "Global raqamli kelishuv" va "Kelajak avlodlar deklaratsiyasi"ning qabul qilinishi mushtarak kelajagimizga eshik ochadi".

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92423 | Инструменты