Huawei 1
Toshkentda yo‘lovchi tashish avtobusi, Cobalt va Tracker ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun Toshkentda Cobalt, Tracker va yo‘lovchi tashish avtobusi ishtirokida YTH sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan maʼlumot berildi.

Aniqlanishicha, bugun 24-sentyabr kuni soat 10:10 atrofida  “12-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi King Long rusumli 131-sonli yo‘nalish haydovchisi Q.A. boshqaruvidagi avtobus, Olmazor tumani Talabalar ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda Cobalt va Tracker yengil avtomashinalari bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu YTH natijasida Tracker haydovisi K.F., yo‘lovchisi T.M. va E.A.lar yengil tan jarohati olgan. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты