Huawei 1
Gulruhbegim Tohirjonova O‘zbekiston safiga qaytishi mumkin – Alisher Sa’dullayev

Amerika Qo‘shma Shtatlari ayollar jamoasi safida 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan asli o‘zbekistonlik grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova kelgusida yana O‘zbekiston jamoasi safiga qaytishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbari Alisher Sa’dullayev ma’lum qildi.

“Gulruhbegimning o‘ziga ham, yaqinlariga ham O‘zbekistonga qaytish taklifini berganmiz. Albatta, uning yurtga qaytish niyati bor, deb o‘ylayman. Gulruhbegim O‘zbekistonga kerak, chunki uning yaxshi salohiyati bor. U 2026 yilda O‘zbekiston safida Olimpiadada ishtirok etsa, juda xursand bo‘lardik”, deydi Sa’dullayev.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Tohirjonova Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 8-turida 1-taxtada O‘zbekiston ayollar jamoasi vakili Afruza Hamdamovaga qarshi o‘yinda ishtirok etishni istamagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92423 | Инструменты