Huawei 1
25-sentabr kuni barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi

25-sentabr, chorshanba kuni respublikaning barcha hududlarida navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

25-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped kabi atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92423 | Инструменты