O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo'yicha komissari Yozef Sikela bilan uchrashdi.
"Xalqaro hamkorlik bo'yicha Yevropa komissari Yozef Sikela janoblari bilan samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi munosabatlarini yanada mustahkamlash yo'llarini o'rganib chiqib, iqtisodiy hamkorlik, sarmoyaviy va mintaqaviy barqarorlikka katta e'tibor qaratdik. Yevropa Ittifoqi ishonchli va strategik sherik bo'lib qolmoqda va biz umumiy farovonlik yo'lida hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdorimiz. Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti hamkorligimizni kengaytirish va hududlarimiz o'rtasidagi yaqin aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich bo'ladi".
Alpha version: 0.9.1.19 build 31804 | Инструменты