“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, O'zbekiston va Belarus Respublikasi hukumatlari o'rtasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini o'zaro qo'llash to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim 2024-yil 8-fevralda Toshkent shahrida imzolangan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo'mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarining amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121915 | Инструменты