Turkiyaga tashrif buyurgan O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 29-yanvar kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi.
"2025-yilda O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganiga 30 yil to'ladi. Bugun xalqlarimiz har qachongidan ham yaqinroqdir. Biz munosabatlarimizda ittifoqchilik darajasiga yetdik. Bugun Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblari bilan birgalikda diplomatik munosabatlarning o'ttiz yilligini nishonlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini imzoladik. Shuningdek, hamkorlikning eng dolzarb mavzulari va 2025 yilga mo'ljallangan rejalar bo'yicha fikr almashdik", – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida diplomatik munosabatlar 1995-yil 2-oktyabrda o'rnatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13022 | Инструменты