Kecha Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 2026-2035-yillarga mo'ljallangan Harakat dasturini ishlab chiqishga bag'ishlangan hukumatlararo ekspertlar yig'ilishi o'z ishini boshladi.
Tadbirda O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi vakillari ishtirok etmoqda.
Yangi dastur IHTning 2016-2025-yillarga mo'ljallangan amaldagi Harakat dasturining mantiqiy davomi bo'lib, tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida turli sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. 2026-2035-yillarga mo'ljallangan dastur ushbu sohalarni yanada rivojlantirish, zamon talablariga javob beradigan yangi tashabbuslarni joriy etishga qaratilgan.
Yig'ilishdan ko'zlangan asosiy maqsad IHT faoliyatining kelgusi yillardagi ustuvor yo'nalishlarini belgilashdan iborat. Ekspertlar va ishtirokchi mamlakatlar vakillari hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilmoqda.
2026-2035-yillarga mo'ljallangan Harakatlar dasturi ishtirokchi davlatlarning o'zaro hamkorligini kuchaytirishga, IHT ruhi va missiyasiga mos keladigan umumiy maqsadlarga erishishga qaratilgan strategik hujjat bo'lishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты