Huawei 1
O'zbekistondagi ikki OTMga yangi rektorlar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan Baxtiyorjon Akbaraliyev Andijon davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Akramjon Yo‘ldoshev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Baxtiyorjon Akbaraliyev tayinlovga qadar Fiskal institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlagan.

Sherzod Neʼmatov Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Neʼmatov tayinlovga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlgi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga