Huawei 1
Mask kompaniyasi dunyodagi eng katta superkompyuterni AQShda ishlab chiqadi

Ilon Maskning X.AI kompaniyasi Memfisda (AQSh, Tennessi shtati) dunyodagi eng yirik superkompyuterni ishlab chiqadi. Bu haqda Buyuk Memfis savdo palatasi rahbari Ted Taunsend WREG yangiliklar kanalida aytib o‘tdi.

“X.AI’ning dunyodagi eng yirik superkompyuteri hisoblangan Gigafactory of Compute’si Memfisda joylashishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman”, dedi u. "Odamlarni Marsga jo'natish uchun zarur bo'lgan hisoblash quvvatini tasavvur qiling. Bu Memfisdan keladi", - deya qo'shimcha qildi u.

Savdo palatasi raisining aytishicha, loyiha Memfis va Shelbi okrugi iqtisodiy rivojlanish idoralari, Tennessi daryosi vodiysi ma'muriyati va boshqa bir qator agentliklardan ruxsatnomalarni talab qiladi. Ma'lumki, superkompyuter sun'iy intellekt (AI) asosidagi tizimlarni tezlashtirishga mo'ljallangan Nvidia H100 grafik protsessorlari bilan ishlaydi. U avval Shvetsiyaning maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Electrolux Group kompaniyasiga tegishli bo'lgan zavodda joylashishi kutilmoqda.

Taunsend X.AI bilan superkompyuter yaratish bo‘yicha muzokaralar shu yilning mart oyida boshlanganini aytdi. Avvalroq, Mask o‘zining startapi 2025-yilning kuzigacha superkompyuter ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi.

Mask X.AI-ni o'tgan yozda OpenAI-ning ChatGPT chatbotining muvaffaqiyati fonida yaratgan. 2023-yil noyabr oyida startap Grok nomli chatbotini taqdim etdi. May oyida X.AI o'zining asosiy moliyalash bosqichida 6 milliard dollar to'pladi. Kompaniya rahbarining o‘zi uning umumiy qiymatini 24 milliard dollarga baholagan edi. Shu bilan birga, amerikalik milliarder sun’iy intellekt insoniyat uchun potensial xavf tug‘dirishini bir necha bor ta’kidlagan. VivaTech konferensiyasidagi nutqida u Marsni eng yaxshi umidi va AIni eng katta qo‘rquvi deb atadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62810 | Инструменты