O'zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan Nodir G'aniyev Fransiya Davlat protokoli rahbari o'rinbosari Metyu Karmonaga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston va Fransiya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollari, shuningdek, bo'lajak tadbirlar jadvaliga oid masalalar muhokama qilindi.
Fransiya Davlat protokoli rahbari o'rinbosari O'zbekiston elchisiga ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish yo'lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o'tamiz, Nodir G'aniyev oldin Muvaqqat ishlar vakili, so'ngra 2023 yil oktyabr oyidan boshlab O'zbekistonning Shvetsiyadagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimida ishlab kelgan.
U 2018-2023-yillarda O'zbekistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqargan va Hindistondagi elchi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev o'rniga tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты