Huawei 1
Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini o‘tkazishni taklif qildi. G‘oliblarga avtomobil beriladi

Kecha Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash bo‘yicha katta tashabbus ilgari surildi.

Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulug‘ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etiladi.

Prezidentimiz har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini o‘tkazishni taklif qildi. G‘oliblarga avtomobil beriladi.

Umuman, mutasaddilarga shaharni ma’rifat va madaniyat markaziga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qaror loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

"Ikki kun davomida Andijondagi bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan tanishdim. Shu bilan birga, viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, obodonlashtirish va infratuzilmasi uchun misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ ajratilayapti. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan", - dedi davlatimiz rahbari.

Aytilgan barcha tashabbuslar Andijondagi har bir xonadongacha kirib borishi, ajratilayotgan har bir so‘m mablag‘ kamida o‘n so‘m bo‘lib qaytishi uchun mutlaqo yangi nazorat tizimi joriy qilinishi belgilandi.

Tegishli idoralarga har bir topshiriq ijrosidan tortib, rahbarlarning aholi va tadbirkorlar bilan muomalasigacha qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Har bir mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi, Andijonga yangi tayinlangan viloyat prokurori va ichki ishlar boshlig‘ining bu boradagi mas’uliyati belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41904 | Инструменты