Huawei 2
Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov o'zining saylovoldi dasturlarini ma'lum qildi

Avval xabar berganimizdek, “Adolat” sosial-demokratik partiyasi rahbari Bahrom Abduhalimov prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, Prezidentlikka nomzod qurultoy ishtirokchilarini 11 bo'limdan iborat, o'z ichiga 60 ga yaqin taklif va tashabbuslar o'rin olgan saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi. Bu haqda Uzreport TV muxbiri xabar bermoqda. 

Nomzodning saylovoldi dasturidan quyidagi masalalar joy olgan:

- davlat hokimiyati boshqaruvi yo‘nalishida fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini, erkin so‘zlash va fikr bildirish huquqlarini himoya qilish; 

- boshqaruvda shaffoflik va oshkoralik tamoyiliga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, OAV xodimlari, shu jumladan, jurnalist va blogerlarning huquqiy maqomini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish va ularni ijtimoiy himoya qilish; 

- 2019 yildan buyon ta’kidlab kelinayotgan mahalliy hokimlarni saylash tizimini joriy etish va hokimlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari lavozimida o‘tirishiga chek qo‘yish; 

- korrupsionerlarga Vatan taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘luvchi xoinlar deb qarash, korrupsiyaning barcha ko‘rinishlari uchun qattiq jazo choralarini qo‘llash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan;

- bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga hozirgidek 3 yoshidan emas, 2 yoshidan boshlab, hech qanday navbatlarsiz yuz foiz qamrab olinadi;

- ta’lim tizimida kechayotgan tarqoqliklardan, qarama-qarshiliklardan voz kechish uchun Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirliklarini yagona – Ta’lim vazirligiga aylantirish va boshqa masalalar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga