Huawei 1
Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi

Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning farmoniga muvofiq, Duyshonkul Chotonov Tezekbayevich Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.  

Ma’lumot uchun, Duyshonkul Chotonov 1967 yil 2 oktyabrda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan. Bungacha u Janubiy Koreya (2011−2015) va Vetnam (2012−2015) da Favqulodda va muxtor elchi bo‘lib ishlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60813 | Инструменты