Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakolatxonasi O‘zbekistonda ochilishi mumkin

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Yig‘ilishda 25 turdagi talab eng yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkillashtirish muhimligi taʼkidlandi. Bu bo‘yicha 7 trillion so‘mlik 342 ta loyiha ishlab chiqilgan.

Kelgusi ikki yilda 5 ta xalqaro brendni jalb qilib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Shuningdek, Jahon bankidan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan yangi loyihalar uchun 10 yil muddatga, aylanma mablag‘ uchun 2 yilga milliy valyutada 18 foizdan kredit ajratiladi.

Mashhur brendlar buyurtmalarini bizning korxonalarga joylashtirish bilan shug‘ullanadigan sorsing kompaniyalarni jalb qilish xarajatining 50 foizi qoplanadi. Bunda, har bir brendga 500 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalar jalb qilish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

Joriy yilda mavjud loyihalar hisobidan 655 million dollar xorijiy investitsiyani o‘zlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya ishtirokida 500 million dollarlik yangi loyihalarni boshlash muhimligi taʼkidlandi.

Bunda, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda xuddi qurilish sohasidagi kabi qishloq xo‘jaligida ham ish o‘rinlari va tovar aylanmasini “soyadan” chiqarish zarurligi taʼkidlandi.

Endilikda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish bo‘yicha imtiyoz milliy valyutada eksport qilgan tadbirkorlarga ham tatbiq qilinishi maʼlum qilindi.

Go‘sht, sut va tuxum ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida 315 milllion dollar resurs yo‘naltirilishi belgilandi.

Bu mablag‘ chorva kompleksini tashkil qilish, qoramol olish, omuxta-yem chiqarish uchun milliy valyutada 17 foizdan 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga beriladi.

Chorva xo‘jaliklarini aylanma mablag‘ bilan taʼminlashga ham 1 trillion so‘m imtiyozli kredit yo‘naltiriladi. Ushbu kreditlarning 18 foizdan oshgan qismi Tadbirkorlik jamg‘armasidan barcha tadbirkorlarga qoplab beriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты