Bugun 1 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kelgusidagi rejalar va tashkiliy masala ko‘rildi.
Fond boshqaruvi rahbari Isaxon Abdullayev tomonidan yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish, nogironlarga mehr ko‘rsatish, kambag‘al oilalar holidan xabar olish, quduq qazish hamda ilm-fanga oid innovasion loyihalar hamda talabalarni qo‘llab-quvvatlash kabi xayriya ishlarini kengaytirishga alohida urg‘u qaratildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Fondning xayriya aksiyalarini ommalashtirish maqsadida, mehr-muruvvat ishlarini uyushtirish, nogiron bolalarga yordam qo‘lini cho‘zish va sinovli kunlarda ko‘ngli yarim insonlar qalbiga yo‘l topishda «Yurak amri» nomli xayriya ishlari bilan tanilgan Sardor Rahimxon (Sanjar Rahimov) Fond rahbari o‘rinbosari – “Vaqf” xayriya ishlari bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122623 | Инструменты