Toshkent viloyati Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining sessiyasi bo'lib o'tdi.
Tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Odilxon Rustamov yoʻl qoʻygan bir qator kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan edi.
Sessiya ishidan tashkiliy masala koʻrildi. Zoyir Mirzayev Toshkent tumani hokimi lavozimiga Sardorbek Ergashev nomzodini tavsiya qildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqanlar, tumanda vaziyatni yaxshilash boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining qarori bilan Sardorbek Ergashev Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51715 | Инструменты