Huawei 1
“Sasol” kompaniyasi “Uzbekistan GTL” zavodi uchun yangi avlod katalizatorlarini yetkazib beradi

2022-yil 2-iyun kuni “Sasol” va “Uzbekistan GTL” kompaniyalari  past haroratli Fisher-Tropsh™ (LTFT™) katalizatorlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro Anglashuv Memorandumini imzoladi.

Anglashuv Memorandumi “Sasol” va “Uzbekistan GTL” o‘rtasida 2018-yilda imzolangan katalizatorlarni yetkazib berish bo‘yicha birinchi shartnomaga asoslangan bo‘lib, bu shartnomada yangi avlod Sasol eco (G3) katalizatorini yetkazib berish ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, ushbu tadbir ya'ni Boku energetika haftaligi Kaspiy mintaqasining neft-gaz va energetika sohasidagi eng nufuzli tadbiri bo‘lib, uning ochilish marosimida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga