O‘zbekistonda 9 oyda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 179,7 trln so‘mga yetdi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan yashash va ovqatlanish xizmatlarining umumiy hajmi 179,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 11,3 foizga o‘sgan.

Ushbu sohadagi xizmatlar hajmi bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri — 32,6 trln so‘m;
  • Samarqand viloyati — 21,6 trln so‘m;
  • Namangan viloyati — 17,8 trln so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 17,6 trln so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 15,4 trln so‘m;
  • Toshkent viloyati — 13,3 trln so‘m;
  • Andijon viloyati — 11,6 trln so‘m;
  • Xorazm viloyati — 10,2 trln so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi

— 9,1 trln so‘m;

  • Buxoro viloyati — 8,9 trln so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 7,5 trln so‘m;
  • Navoiy viloyati — 5,5 trln so‘m;
  • Jizzax viloyati — 5,3 trln so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 3,4 trln so‘m.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorining qariyb 40 foizi poytaxt hamda Samarqand va Namangan viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112116 | Инструменты