Huawei 1
Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi

2024-yilning 25-sentabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senatning ellik sakkizinchi yalpi majlisini joriy yilning 30-sentabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi kooperativi, temir yo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlar hamda bir qator boshqa qonunlar kun tartibidan o‘rin olgan.

Shuningdek, senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92719 | Инструменты