Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-sentabr kuni Samarqandga keldi.

Davlat rahbari dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezident Islom Karimov qabrini ham ziyorat qildi.

Ayni kunlarda Samarqand ulkan siyosiy voqealar taraddudida. Ertadan oliy darajadagi tashriflar boshlanadi. 15-16-sentabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51521 | Инструменты