Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampni ushbu lavozimga rasmiy kirishgani munosabati bilan tabrikladi.

Davlat rahbari o‘z maktubida Donald Trampning yangi muddatdagi faoliyati davomida AQShning xalqaro maydondagi nufuzi va obro‘-eʼtibori, iqtisodiy qudrati va salohiyati, global miqyosdagi o‘rni va ahamiyati yana-da ortishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston AQSHning mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatini yuqori baholaydi va alohida qadrlaydi.

"Sizning birinchi Prezidentlik davringizda O‘zbekiston-AQSh o‘rtasida yangi davrdagi strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatilganini va ko‘p qirrali aloqalarimiz yuqori bosqichga ko‘tarilganini istar edim. Biz bundan keyin ham ikki va ko‘p tomonlama platformalar doirasida uzoq muddatli hamkorligimizni yana-da rivojlantirishdan manfaatdormiz", – deyiladi Prezidentimiz maktubida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12205 | Инструменты