Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

30-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bir-birini va qardosh xalqlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik, tinchlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘zaro tovar ayirboshlashning jadal sur’atlar bilan o‘sib, energetika, transport, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani, idoralararo va hududlararo aloqalar, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu yil shoir va mutafakkir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan yuksak saviyada o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarga alohida to‘xtaldi. O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan badiiy film suratga olingani ta’kidlandi. Bir qator qo‘shma tadbirlar ham o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10217 | Инструменты