Huawei 2
«Yashil taraqqiyot» masalalarida biz, afsuski, jahonning yetakchi mintaqalaridan ancha orqadamiz» – Shavkat Mirziyoyev

Bugun 21-iyul kuni Qirg'izistonning Cho‘lponota shahrida o'tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvida ekologiya sohasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti hamkorlarga e’tiborni O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan «Markaziy Osiyo uchun «Yashil» kun tartibi» dasturi doirasida iqtisodiyotni karbonsizlantirish, muqobil energetikani rivojlantirish va o‘zaro elektr energiyasi yetkazishni tashkil etish, suv tejovchi va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy qilish, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga qaratish taklif etildi.

Shavkat Mirziyoyev «yashil taraqqiyot» masalalarida Markaziy Osiyo davlatlari bugun jahonning yetakchi mintaqalaridan ancha orqada ekanini afsus bilan qayd etdi.

"Mamlakatlarimizning uzoq muddatli istiqbolda raqobatbardoshligini ta’minlash uchun hukumatlarda bugun qabul qilinayotgan dasturni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni topshirish zarur", - dedi davlat rahbari.

Shu ma’noda, O'zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo madaniyat, san’at va milliy taomlar festivalini navbatma-navbat o‘tkazib borishni taklif qildi.

Maxsus turizm marshrutlari va mahsulotlarini ishlab chiqish, yagona piar-kampaniyalarni o‘tkazish orqali mintaqa ichidagi turizmni faol rag‘batlantirishimiz lozimligi ta’kidlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga