Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Sank-Peterburg shahrida uchrashuv o’tkazdi

26-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahridagi MDH norasmiy sammiti doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga amalga oshirilgan oliy darajali tashrif yakunida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atini saqlab qolish hamda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish maqsadida yaqin idoralararo muvofiqlashuv va amaliy hamkorlikni, shu jumladan ikki mamlakat hududlari darajasida ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20323 | Инструменты