2024-yilning 27 -oyabridan Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi barcha turdagi transport harakati uchun yopilishi haqida ma’lum qilingandi. Ushbu ko‘cha kesishmasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Taras Shevchenko ko‘chasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar (gastronomik) ko‘chani tashkil etish bo‘yicha loyihaning ikkinchi bosqichida rejalashtirilgan ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan ertaga, 4-fevral kuni, soat 18:00dan Taras Shevchenko ko‘chasi (94-umumta’lim maktabi)dan Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi barcha turdagi avtotransport harakatlanishi uchun ochilishini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20321 | Инструменты