«O‘zbekiston fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekistonning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2025 yilning mart aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli bo‘lgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv davrida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2025 yilning mart-aprel oylarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov zimmasiga yuklandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20323 | Инструменты