2025-yil 31-yanvar kuni "Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.
2025-yil 1-martdan barcha davlat organlari va tashkilotlari UzINFOCOM bilan shartnoma tuzib, rasmiy veb-saytlari va portallari faoliyatini faqatgina hukumat portali – gov.uz orqali yo‘lga qo‘yadi.
Qarorga ko‘ra, rasmiy veb-sayt Yagona platformaga o‘tkazilganidan so‘ng bir hafta muddatda eski rasmiy veb-saytlar domen manzillarini hamda veb-sayt va undagi maʼlumotlarni saqlab qolgan holda, Yagona platformadagi rasmiy veb-saytlar manziliga yo‘naltiriladi yoki ularning faoliyati to‘xtatiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20320 | Инструменты