Ibragimova Shaxlo Alimbayevna O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda tadbirkorlik asoslariga o‘quvlarni tashkil etish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shaxlo Ibragimova 1975 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995 yilda bank tizimida boshlagan. Shu yillar davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Markaziy saylov komissiyasi va Prezident Devonida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar “Mikrokreditbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100916 | Инструменты