Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi va tadbirkorlar bilan muloqoti bo'lib o'tdi. Davlat rahbari so‘zining yakunida barcha tadbirkorlarga murojaat qildi:
“Bir fikrni doimo esda tutishlaringizni istar edim. O‘zbekistonda tadbirkorlik harakati orqaga qaytarib bo‘lmaydigan katta kuchga aylandi.
Biz davlat miqyosida qanday katta maqsad va vazifalarni o‘z oldimizga qo‘ymaylik, ularni amalga oshirishda butun xalqimiz bilan birga avvalo sizlarga tayanamiz.
Sizlarni Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida hal qiluvchi kuch, deb bilamiz.
Tadbirkorlarimiz qancha boy bo‘lsa, xalqimiz shuncha farovon yashaydi, davlatimiz shuncha qudratli bo‘ladi. Tadbirkorning yutug‘i – bu butun xalqimizning yutug‘i”.
Davlat rahbari tadbirkorlarning ezgu maqsad bilan ilgari suradigan har qanday g‘oya va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida ular ham jamiyatimizning eng ilg‘or vakillari bo‘lib, islohotlarimizni yana-da ilgari surishda tayanch va suyanch bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Yig‘ilish davomida mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122022 | Инструменты