Orifjon Fayziyev Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘ldi.
Maʼlum qilinishicha, Orifjon Fayziyev mehnat faoliyatini 2004 yilda bank sohasida boshlagan.
2009-2017 yillarda Moliya vaziriligi tizimida, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida, 2019-2022 yillarda Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, departament direktori lavozimida ishlagan.
U 2023 yildan tayinlovga qadar, Agentlikning Sug‘urta bozorini rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122100 | Инструменты