“Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ Toshkent shahar maʼmuriy sudiga raqobat, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyasining qabul qilgan qaroriga hamda Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining hal qiluv qaroriga nisbatan bergan apellyatsiya shikoyat arizasi sud tomondan ko‘rib chiqildi.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudlov hayʼati tomonidan joriy yilning 2 dekabr kuni sud majlisida ko‘rish natijasiga ko‘ra, Maxsus komissiya hamda Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudlarining qabul qilgan qarorlari o‘z kuchida qoldirildi.
“O‘ztemiryo‘lYo‘lovchi” AJ hamda “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ Farg‘ona filiallari tomonidan temir yo‘l vokzali bo‘ylab sotilgan chiptalardan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha umumiy hisobda jami 792 186 nafar isteʼmolchidan 1.3 mlrd so‘mga yaqin ortiqcha haq undirilganligi aniqlandi.
O‘rganish natijasida Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “O‘ztemiryo‘lYo‘lovchi” AJ va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJga undirilgan to‘lovlarni isteʼmolchilarga qaytarishi yuzasidan ko‘rsatma berilib, moliyaviy jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122100 | Инструменты