Toshkent viloyatida bir oilaning 3 a'zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matvuot kotibi Hayot Shamsutdinov Uzreport.news manbasiga xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-dekabr kuni Bo‘stonliq tumani, “Fazogir” MFY, 3-uyda yashovchi fuqaro X.N. Bo‘stonliq tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z murojaatida Bo‘stonliq tumani, “Fazogir” MFY, Fazogir ko‘chasi, 22-uy, 4-xonadonda yashagan opasi S.N. (1989), pochchasi S.B. (1981) va jiyani M.B. (2016) yashash xonadonida vafot etganligini maʼlum qilgan.
Bo‘stonliq tuman STEning dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, S.N. ning o‘limi is gazidan zaharlanish oqibatida sodir bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122023 | Инструменты